Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun, 20-may kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining kichik ko‘rgazmalar zalida O‘zbekiston Respublikasi Nodavlat ta’lim muassasalari o‘quvchilari va talabalarining 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan “Bri tomchodan nur to’plab” nomli bolalar rasmlari ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Nodavlat taʼlim muassasalari uyushmasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvonsaroyi hamkorligida tashkil etildi.

Ko‘rgazmada quyidagi bolalar bog‘chalari va maktablari o‘quvchilari va talabalari ishtirok etishdi: “Lider bolalar maktabi”, “Intellekt”, “ZIYO-ZUKKO”, “Navro‘z-bolajon”, “Genesis Education”, “Smart School”, “Little Me”, “Sehriyo School”, “Unikum Eduland”, “Uventa School”, “Malakaztika” va “King”.

Mazkur ko‘rgazma yosh iste’dod sohiblarining ijodiy rivoji va o‘ziga xos badiiy qarashlari samarasi bo‘ldi.

Ko‘rgazmada 440 ta bolalar rasmlari namoyish etildi. Har bir asarda yosh ijodkorlarning o‘zlari yashayotgan dunyoga munosabati, orzu-niyatlari va qadriyatlari o‘z ifodasini topgan.

Ushbu ko‘rgazma yosh mualliflarning badiiy ijodining salohiyatini namoyish etish uchun ajoyib maydonga aylandi. Yosh ishtirokchilarning asarlarida ularning individual uslubi va o’ziga xos dunyoqarashlari aks ettirilgan.

Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar yosh rassomlarning ichki dunyosiga nazar tashlab, ularning tajribalari va ilhomini tushunishlari mumkin bo‘ladi. Yosh iste’dod egalari o‘z asarlari orqali o‘z his-tuyg‘ulari va fikrlari bilan baham ko’rishdi.

Ko‘rgazma bolalar ijodiyoti rivojining yorqin namunasi bo‘lib yosh ijodkorlarning o‘ziga xosligiga e’tibor qaratadi va yosh iste’dod egalari uchun ilhomlanish va ijodiy yuksalishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Ko‘rgazma 2025-yil 29-maygacha davom etadi.