close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

2026-yil 1-may kuni Oʻzbekiston Tasviriy sanʼat galereyasida Oʻzbekiston xalq rassomi, Badiiy akademiya akademigi Alisher Mirzayevning “Buxoro afsonasi” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi.

Mazkur ko‘rgazma tomoshabinlarga qadimiy Buxoro shahrining poetik va falsafiy qiyofasini zamonaviy badiiy talqinda ochib beradi. Rassom asarlarida Buxoro oddiy me’moriy makon emas, balki tirik madaniy xotiratarix, an’ana va shaxsiy kechinmalar uyg‘unlashgan ko‘p qatlamli makon sifatida talqin etiladi.

Ko‘rgazmadan joy olgan 40 ga yaqin rangtasvir asarlarida muallifning o‘ziga xos uslubi, sharqona estetik tafakkuri va ramziy ifoda vositalari izchil namoyon bo‘ladi. Bu yerda rang va kompozitsiya nafaqat tasviriy vosita, balki mazmunni shakllantiruvchi asosiy omilga aylanadi. Har bir asar tomoshabinni vizual kuzatuv bilan birga ichki mushohadaga chorlaydi.

“Buxoro afsonasi” ko‘rgazmasi merosga hurmat, tarixiy xotirani asrab-avaylash va uni zamonaviy badiiy til orqali qayta anglash g‘oyalarini mujassam etadi. Ekspozitsiya Alisher Mirzayev ijodida shakllangan konseptual qarashlarning mantiqiy davomi bo‘lib, uning badiiy izlanishlarida muhim bosqich sifatida namoyon bo‘ladi.