Bugun O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining anjumanlar zalida uyushma raisi I. Valixo‘jayev ishtirokida ijodkorlar bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Prezidentimiz tomonidan 2025-yil 1-iyulda qabul qilingan “Tasviriy va amaliy sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-212-son qarorga muvofiq davlat buyurtmasi asosida 2026-yilda yaratilishi rejalashtirilgan “Zamon qahramonlari”, “Yangi O‘zbekiston manzaralari” va “Buyuk allomalar” turkumidagi ijodiy loyihalar ko‘rib chiqildi.
Ishchi guruh tomonidan berilgan takliflar muhokama qilindi hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tushuntirish berildi.