Joriy yil dekabr oyida poytaxt Toshkentda «Toshkent quvonchlari» XI xalqaro bolalar rasmlari biyennalesi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi dunyo bo‘ylab 5 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarni ushbu xalqaro biyennaleda ishtirok etishga taklif etadi.
📝 Tanlov mavzulari:
- «Bolalik olami»
- «Mening Vatanim»
- «Men yashaydigan olam»
- «Mening orzum»
- «Men biladigan O‘zbekiston»
📌 Ishlarga qo‘yiladigan talablar:
- Rasm o‘lchami 30 × 40 sm dan oshmasligi kerak
- Ish 2026-yilda yaratilgan, muallif tomonidan mustaqil bajarilgan va asl nusxa bo‘lishi shart
- Istalgan badiiy materiallardan foydalanish mumkin
- Kompyuterda chop etilgan rasmlar, linogravyura va batik ishlari qabul qilinmaydi
- Har bir ishtirokchi faqat bitta, avval namoyish etilmagan ish bilan qatnashadi
- Rasm ramka yoki paspartusiz taqdim etiladi
⚠️ Muhim shartlar:
- Taqdim etilgan ishlar qaytarilmaydi
- Barcha ishlarga nisbatan mualliflik huquqi Tashkiliy qo‘mita ixtiyorida qoladi
- Ish ota-ona, vasiy yoki o‘qituvchi tomonidan tasdiqlanishi shart
- Ishlar to‘g‘ri qadoqlangan va yorliqlangan holda pochta orqali yuboriladi
⌛️ Hujjatlarni qabul qilish muddati:
2026-yil 1-iyul – 1-noyabr
(Ishtirokchi ishi ushbu muddatgacha Tashkiliy qo‘mitaga yetib kelishi shart)
🎁 Mukofotlar:
- 7 ta oltin medal
- 7 ta kumush medal
- 7 ta bronza medal
- 50 ta esdalik medali
📆 Natijalar:
Tanlov natijalari 2026-yil dekabr oyida e’lon qilinadi. G‘oliblar pochta orqali shaxsan xabardor qilinadi.
⚠️ Qo‘shimcha e’tibor:
- Anketa bosma harflarda to‘liq to‘ldirilishi shart
- Anketa rasmning orqa tomoni yuqori chap burchagiga biriktiriladi
- Naqd to‘lov yoki kargo orqali yuborilgan ishlar qabul qilinmaydi
🏛 Manzil:
«Toshkent quvonchlari» Xalqaro bolalar rasm biyennalesi direksiyasi
O‘zbekiston Respublikasi, 100000, Toshkent shahri, S. Azimov ko‘chasi, 35-uy
☎️ +998 (71) 233-04-27
📠 +998 (71) 232-17-35
📧 biennale.uzbekistan@gmail.com
Barcha ijodkor bolalar tanlovda ishtirok etishga taklif etiladi. Sizlarga omad va ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz!