Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
DIQQAT, "SHARQ BIRLIGI: MIRZO QADIM IRAVONIY VA O'ZBEK BEZAKLARI" nomli rasmlar ko'rik-tanloviga asar taqdim etish muddati joriy yilning 25-oktyabriga qadar uzaytirildi!
Sharq san’atining durdona ijodkorlaridan biri — buyuk Ozarbayjon rassomi Mirzo Qadim Iravoniy tavalludining 200 yilligini nishonlash munosabati bilan yurtimizda yirik tanlov-ko'rgazmasi tashkil etilmoqda.
O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamkorligida “Sharq birligi: Mirzo Qadim Iravoniy va O‘zbek bezaklari” mavzusida rasmlar tanlov-ko'rgazmasi bo'lib o'tadi.
Mirzo Qadim Iravoniy XIX asr Ozarboyjon rassomlik maktabining yorqin vakili bo‘lib, o‘zining nozik didi, ranglar uyg‘unligi va kompozitsion yechimlari bilan san’at olamida chuqur iz qoldirgan. U yaratgan asarlar Sharqning nafislik va badiiyatga to‘la ruhini o‘zida aks ettiradi.
Tanlovda — talabalar, yosh rassomlar, shuningdek, naqqoshlik va dekorativ san’at sohasida faoliyat yuritayotgan ijodkorlar ishtirok etishi mumkin.
Tanlov yakunida eng sara asarlar O'zbekiston Badiiy akademiyasining "Akademiya" galereyasida tashkil etiladigan ko‘rgazmada namoyish etiladi, g‘oliblarga esa qimmatbaho mukofotlar topshiriladi.
Muddat: 25-oktyabr 2025-yil.
Telefon: (99) 594-83-33
↖️ Qo‘shimcha maʼlumotlar uchun: @Javohir_Niyoziy