Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

  Andijon viloyati “Bobur” shahrida barpo etiladigan “Bobur va boburiylar” tarixiy-me’moriy majmuasida o‘rnatiladigan, O‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan buyuk shoir, qomusiy olim, yirik davlat va jamoat arbobi, yetuk sarkarda, “Buyuk Boburiylar sulolasi” asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur haykali hamda jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgan,“Buyuk Boburiylar sulolasi” vakillari Humoyun Mirzo, Akbarshoh, Jahongir, Shohjahon, Avrangzeb, Bahodirshoh II va boshqa Boburiy hukmdorlarning byustlari loyihalarini yaratish bo‘yicha ijodiy tanlov 
E’LON QILINADI.

 
Andijon viloyati “Bobur” shahrida barpo etiladigan “Bobur va boburiylar” tarixiy-me’moriy majmuasida o‘rnatiladigan betakror badiiy-me’moriy yechimga, badiiy g‘oyaning izchilligiga ega bo‘lgan, yuksak estetik talab darajasida yaratilgan Zahiriddin Muhammad Bobur haykalining hamda Boburiy hukmdorlar byustlarining eng yaxshi loyihalarini aniqlash tanlovning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Tanlov ijodiy yo‘nalish bo‘yicha mutaxassis haykaltaroshlar, monumental san’at sohasida va zamonaviy shaharsozlikda haykallarni o‘rnatish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar, malakali haykaltaroshlar o‘rtasida Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

Tanlov shartlarining ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanadi:

 

  • Andijon viloyati Bobur shahrida barpo etiladigan “Bobur va boburiylar” tarixiy-me’moriy majmuasining eng baland nuqtasida o‘rnatiladigan mahobatli haykal loyihasida Bobur Mirzoning dunyo miqyosida shuhrat qozongan buyuk hukmdor, mohir sarkarda, yetuk olim va adib sifatidagi ulug‘vor siymosini tasvirlash;
  • Andijon viloyati Bobur shahrida barpo etiladigan “Bobur va boburiylar” tarixiy-me’moriy majmuasida o‘rnatiladigan Humoyun Mirzo, Akbarshoh, Jahongir, Shohjahon, Avrangzeb, Bahodirshoh II va boshqa Boburiy hukmdorlarning byustlari loyihalarida “Buyuk Boburiylar sulolasi” vakillarining yetuk hukmdor, yetuk davlat va jamoat arbobi sifatidagi ulug‘vor siymolarini tasvirlash;
  • Zahiriddin Muhammad Bobur hamda Boburiy hukmdorlarning boy va bebaho merosini madaniyatimiz va xalqimiz adabiy-estetik tafakkurining shakllanishidagi alohida o‘rnini ko‘rsatish;
  • betakror badiiy-me’moriy yechimga, badiiy g‘oyaning izchilligiga ega badiiy-monumental usulda aks ettiradigan ta’sirchan ramzlarni topish hamda ulardan samarali foydalangan holda me’moriy yechimlarni yaratishga alohida e’tibor qaratish.


Tanlov materiallariga qо‘yiladigan talablar: 
 

  • eskiz loyihalarining tanlovga mo‘ljallangan modeli ko‘chirish va uzoq muddat saqlashga mo‘ljallangan istalgan materialdan yasalishi;
  • eskiz loyihalarining  modeli betakror badiiy yechimga ega bo‘lgan, haykalda aks etadigan badiiy qiyofaning yuksak estetik talab darajasida yaratilishi, badiiy g‘oyaning izchilligiga ega bo‘lishi va tanlov o‘tkazilishiga qadar biror joyda eksponat tarzida namoyish etilmagan bo‘lishi kerak.

Tanlov ishtirokchilari beshtagacha tanlov loyihasini taqdim etishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

- nomzodning Tanlovga qatnashish to‘g‘risida Tashkiliy qo‘mita nomiga yozgan arizasi;
- nomzodning 2 dona 3x4 o‘lchamdagi rangli fotosurati;
- nomzodning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi; 
- ish va ijodiy faoliyati to‘g‘risida ma’lumotnoma;
- haykal va byustning tanlovga mo‘ljallangan modeli.

 Haykal va byustning tanlovga mo‘ljallangan eskiz loyihalari 2025-yilning  1-iyunidan 2025-yilning 10-iyuliga qadar O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Tashkiliy qo‘mitasi tomonidan qabul qilinadi.

Tanlov loyihalari quyidagi manzilga topshiriladi: 
Toshkent shahar, Sh.Rashidov ko‘chasi, 40-uy. 
Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi, Markaziy ko‘rgazmalar zali. 

Tanlov tashkilotchilari:
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi.

Tanlov shartlari va Nizomi bilan quyida  tanishib chiqishingiz mumkin.
https://t.me/artacademyuz/29378 , https://t.me/artacademyuz/29379

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon: 
 (+99871) 232-17-66