close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Art Vernissage auksion uyi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda O‘zbekiston «Amaliy san’at» ijodiy birlashmasi bilan hamkorlikda san’at asarlarini yaratish sohasida faoliyat yuritayotgan iste’dodli yosh rassomlar va hunarmandlarni aniqlash hamda qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan «Yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida birinchi onlayn auksion» respublika badiiy tanlovini o‘tkaziladi.

Tanlovning maqsadi yosh mualliflarning kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish, ijodiy salohiyatini namoyon etish hamda san’at asarlarini onlayn auksion orqali, shu jumladan, xalqaro bozorda rasmiy sotish imkoniyatlarini yaratishdan iborat.

📌TANLOVDA KIMLAR ISHTIROK ETISHI MUMKIN?
Tanlovda 3 toifa bo‘yicha ishtirok etish mumkin:
🔹«Maktab o‘quvchilari» — ixtisoslashtirilgan san’at maktablarining 10–11-sinf o‘quvchilari;
🔹 «Talabalar» — oliy ta’lim muassasalari hamda san’at sohasiga ixtisoslashgan ta’lim tashkilotlarining 1–4-kurs talabalari;
🔹 «Yosh iste’dodlar» — professional badiiy ma’lumotga ega yoki ega bo‘lmagan, tasviriy yoxud amaliy-dekorativ san’at bilan shug‘ullanuvchi 18 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan yoshlar.

🎨TANLOV MAVZULARI
Ishtirokchilar quyidagi mavzuviy yo‘nalishlardan birini mustaqil tanlaydilar:
• «O‘zbekiston lazzatlari»;
• «San’at va zamon»;
• «Rang va yorug‘lik orasida»;
• «O‘zbekiston madaniy me'rosi».

🗓TANLOV BOSQICHLARI
20-oktabr — tanlovni e’lon qilish va axborot-targ‘ibot ishlarini boshlash;
1–20-noyabr — Telegram-bot orqali arizalarni qabul qilish va ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish;
20–22-noyabr — ijodiy ishlarni moderatsiyadan o‘tkazish va baholashga tayyorlash;
5-dekabrgacha — hakamlar hay’ati tomonidan ijodiy ishlarni ekspert baholash;
8-dekabr — g‘oliblarni aniqlash va taqdirlash;
10-dekabr — g‘oliblarning tarjimai holi va ijodiy faoliyati haqidagi ma’lumotlarni www.artvernissage.art platformasida joylashtirish;
15-dekabrgacha — g‘oliblarning 30 ta asl ijodiy ishini Art Vernissage ofisiga topshirish, ularni ko‘rgazmaga tayyorlash va galereyada namoyish etish, foto va video tasvirga olish, kataloglashtirish hamda auksionga tayyorlash;
25-dekabrgacha — xalqaro onlayn auksionni o‘tkazish, natijalarni e’lon qilish, hisob-kitoblarni amalga oshirish, sotilgan asarlarni alohida shartnomalarga muvofiq topshirish hamda keyingi axborot yorituvini tashkil etish.
Belgilangan muddatlar o‘zgargan taqdirda, Tanlov tashkiliy qo‘mitasi yangi sanalarni alohida e’lon qiladi.

🏆G‘OLIBLAR UCHUN IMKONIYATLAR
Har bir toifadan 10 nafardan, jami 30 nafar g‘olib aniqlanadi.
G‘oliblarning asl ijodiy ishlari Art Vernissage galereyasida tashkil etiladigan ko‘rgazmada namoyish etiladi va xalqaro onlayn auksionga tayyorlanadi.Bu yosh ijodkorlarga o‘z asarlarini, jumladan, xorijiy xaridorlarga ham rasmiy ravishda sotish imkoniyatini beradi.
Mualliflar, shuningdek, ularning asarlari tanlov, ko‘rgazma va onlayn-auksionda ishtirok etgani haqidagi ma’lumotlar san’at asarlarining hujjatlar bilan tasdiqlangan tarixini shakllantirishga hamda rasmiy savdo madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

❗️MUHIM!
Har bir ishtirokchi o‘zining haqiqiy maqomiga mos keladigan faqat bitta toifa bo‘yicha ariza topshirishi mumkin. Voyaga yetmagan ishtirokchilarning arizalari ota-onasi yoki qonuniy vakilining roziligi bilan qabul qilinadi.

📲 ARIZALAR 2026-YIL 1–20-NOYABR KUNLARI QABUL QILINADI
Ro‘yxatdan o‘tish uchun Telegram-bot havolasi qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.

🎨Ijod qilishni hozirdan boshlang! O‘z ijodiy ishingizni oldindan tayyorlang, mos mavzuni tanlang va belgilangan muddatlarda ariza topshirishga tayyor bo‘ling.

Tanlov nizomi ---https://t.me/artacademyuz/38765