close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida” 2026-yil 5-fevraldagi PQ–46-son qarori ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasida milliy tarixiy merosni, xususan Temuriylar davri tarixi, buyuk tarixiy shaxslar va muhim voqealarni tasviriy san’at orqali targ‘ib etish, tarixiy yo‘nalishda ijod qilayotgan rassomlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2026-yilning oktabr oyida Temuriylar davri tarixiy shaxslari, buyuk siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, madaniy va boshqa tarixiy voqealar mavzularida yaratilgan eng yaxshi asarlar tanlovi tashkil etiladi.

Tanlovda tasviriy san’atning rangtasvir, mahobatli va dastgohli rangtasvir yo‘nalishlarida ijod qilayotgan ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda qatnashish istagida bo‘lgan shaxslar tomonidan quyidagi hujjatlar tanlov tashkiliy qo‘mitasiga taqdim etiladi:

mazkur nizomning 1-ilovasida berilgan ariza-anketa asosida ishtirokchi nomidan ariza;

ishtirokchi  to‘g‘risida ma’lumot;

ijodiy asarlar (soni cheklanmagan).

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan ijodkorlar arizalari va ijodiy asarlari O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Tashkiliy qo‘mitasiga 
2026-yilning  10-sentabrga qadar quyidagi manzilga yuboriladi: 

Toshkent shahar, S.Azimov ko‘chasi, 35-uy. 
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi binosi. 
Aloqa raqami: (+99871) 232-17-66.

Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy asarlar tanlov Nizomining 2-ilovasida ko‘rsatilgan mavzularda ishlangan bo‘lishi kerak. 

Tanlov shartlari:
tarixiy manbalar va ilmiy adabiyotlarga asoslanganlik;
mavzuga tarixiy haqiqat hamda o‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixi nuqtai nazaridan yondashish;
Amir Temurning shaxsiyati, buyuk ajdodimizning bashariyat tarixi va Turon tamaddunidagi alohida o‘rnini ko‘rsatish;
betakror badiiy yechim, badiiy g‘oyaning izchilligiga ega ta’sirchan ramzlarni topish hamda ulardan samarali foydalanish.

Belgilangan muddatdan kechiktirib topshirilgan loyihalar qabul qilinmaydi.

Tanlov natijalari bo‘yicha ishtirokchilarning ijodiy ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

Tanlov g‘oliblari diplom va belgilangan tartibda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Ma’lumot uchun aloqa raqami: (71) 232-17-66

Tanlov nizomi va ilovalar bilan tanishishing! https://t.me/artacademyuz/34851