close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

“O‘zbekiston ne’матlari” Respublika bolalar ijodiy rasmlari tanlovi o‘tkaziladi

O‘zbekiston pochtasi” AJ
, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamkorligida “Dunyo bolalar nigohida” maxsus pochta markalarini chop etish uchun “O‘zbekiston ne’матlari” Respublika bolalar ijodiy rasmlari tanlovi o‘tkaziladi.

🎯 Tanlovning maqsadi:

  • “Dunyo bolalar nigohida” maxsus pochta markalarini chop etish uchun “O‘zbekiston ne’матlari” (mevalar, sabzavotlar, poliz ekinlari va boshqalar) mavzusida rasmlar yaratish;

  • o‘sib kelayotgan yosh avlodni filateliyaga qiziqtirish;

  • tanlov g‘oliblari yaratgan rasmlar asosida “O‘zbekiston ne’матlari” nomli maxsus pochta markalari turkumini chop etish;

  • yangi syujetlar izlash, pochta markalari mavzularini yangilash va takomillashtirish.

 Tanlov ishtirokchilari:

  • 7 va 8 yoshdagi bolalar.

Tanlov muddati:

  • Tanlov 2026-yil 15-yanvardan 15-martgacha o‘tkaziladi.

  • Ijodiy ishlar (rasmlar) 2026-yil 20-martgacha qabul qilinadi.

Tanlov natijalariga ko‘ra Tanlov hay’ati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining Badiiy kengashiga eng yaxshi ishlar taqdim etiladi.
Badiiy kengash tomonidan 14 ta eng yaxshi rasm tanlab olinadi va ular asosida “Dunyo bolalar nigohida” maxsus pochta markalari turkumi (14 ta marka) chop etiladi.

 Ijodiy ishlarni yuborish manzili:

Toshkent shahri, 100060,
Mirobod tumani, Turkiston ko‘chasi, 4-uy,
“O‘zbekiston pochtasi” AJ “O‘zbekiston markasi” filiali
(“Tanlovga” deb ko‘rsatilishi shart)

☎️ Telefonlar: 55-508-70-54, 55-508-70-55
📬 Pochta orqali yuborilgan rasmlarning sanasi kalendar shtempeli bo‘yicha aniqlanadi.

🎨 Ijodiy ishlarni rasmiylashtirish talablari:

  • Ishlar qalin oq rangli A4 formatdagi (295×210 mm) qog‘ozda bajarilishi shart;

  • Rasm kompozitsiyasi ishlab chiqilganda uning keyinchalik 42×30 mm gacha kichraytirilishi hisobga olinishi lozim;

  • Rasmlar guash yoki akvarel bo‘yoqlarda bajarilishi shart;

  • Yorqin fluorensentsiya bo‘yoqlaridan foydalanish taqiqlanadi;

  • Har bir rasm A4 formatda, gorizontal holatda taqdim etilishi lozim.

📝 Ijodiy ish (rasm)ning orqa tomonida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi shart:

  • Ijodiy ishning nomi;

  • Muallifning ismi-sharifi;

  • Tug‘ilgan yili, oy, kuni;

  • O‘qish joyi (to‘liq manzil va sinfi);

  • To‘liq uy manzili va telefon raqami (ota-onasi yoki sinf rahbari).

🏆 G‘oliblarni taqdirlash:

Tanlov g‘oliblarini taqdirlash Tanlov hay’ati yig‘ilishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Badiiy kengashi bayoni asosida 2026-yil iyun oyiga qadar o‘tkaziladi.
G‘oliblarning ijodiy ishlari “O‘zbekiston pochtasi” AJ rasmiy saytida joylashtiriladi.

Quyida tanlov nizomi bilan tanishing!
https://t.me/artacademyuz/33252