Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

27-avgust kuni Yoshlar ishlari agentligida “Bir boʼlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” bosh gʼoyasi asosida Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligiga bagʼishlab oʼtkazilgan “Eng ulugʼ, eng aziz” tanlovining respublika bosqichi gʼoliblarini tantanali taqdirlash marosimi boʼlib oʼtdi.

Joriy yilgi tanlovda 7 ta nominatsiya boʼyicha 345 nafar ijodkor oʼzining 2 100 dan ortiq ijodiy ishi bilan qatnashdi. 

Maʼlumot uchun: tanlov har yili Oʼzbekiston Jurnalistlar uyushmasi bosh tashkilotchiligida Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Kinematografiya agentligi, Respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, Oʼzbekiston Milliy media birlashmasi,Oʼzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʼzbekiston Milliy axborot agentligi hamda Oʼzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamkorligida tashkil etiladi.

Joriy yil “Eng ulugʼ, eng aziz” tanlovining respublika bosqichida “Tasviriy sanʼat, foto va dizayn ishlari" nominatsiyasi boʼyicha:

1-oʼringa – Oʼzbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, fotorassom Sultonboy Dehqonov Yangi Oʼzbekiston bunyodkorlari aks ettirilgan turkum fotosuratlari uchun;

2-oʼringa – Respublika ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati oʼqituvchisi Murtaza Irgashev  "Charxpalak yoki umr yoʼliga tomosha” turkumidagi mato moyboʼyoq tasviriy sanʼat asarlari uchun munosib topildi. 

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi jamoasi tanlov g‘oliblarini muborakbod etadi.