Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

O‘zbekistonda SHHT Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan shu yil “Ertaklar olamida”  VI SHHT bolalar rasmlari tanlovi eʼlon qilingan edi. Markaz ma'lumotiga  ko‘ra, loyihaga 7 davlat, yurtimizning barcha viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan  jami 3700 dan ortiq ijodiy ishlar qabul qilingan.

✅ 25-sentyabr kuni mazkur ijod namunalari bilan keng jamoatchilikni tanishtirish maqsadida O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy ko‘rgazmalar zalida Markaz tomonidan  O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi, Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi bilan hamkorlikda “Ertaklar olamida” VI  SHHT bolalar rasmlari ko‘rgazmasining ochilish marosimi tashkil qilindi.

✅ Ko‘rgazmada yosh isteʼdod egalarining ertak va afsonalar sehrli olamini o‘zida mujassam etgan ijodiy ishlari o‘rin oldi.  Yosh rassomlar ijod namunalarida nafaqat  o‘z milliy ertak qahramonlarini aks ettirishgan, balki turli millatlar xalq og‘zaki ijodiyoti namunalarini ham tasvirlaganlar. 

✅ Hakamlar hayʼatining  yakuniy xulosasiga ko‘ra, quyidagi  ishtirokchilar tanlov g‘olib va sovrindorlari sifatida eʼtirof etildi:

🔵 Gran-pri - Faxriddinova Nozanin Badriddinovna (Buxoro viloyati);

🔵 I o‘rin - Popov Aleksandr (Toshkent shahri);

🔵 II o‘rin - Abdino‘monova Farangiz Nurmuhammad qizi (Sirdaryo viloyati);

🔵 III o‘rin - Erkinova Malika Nodir qizi (Farg‘ona viloyati);

🔵 “Eʼtirof” nominatsiyasi - Normamatov Havasbek (Surxondaryo viloyati);

🔵 “Ranglar jilosi” nominatsiyasi - Shokriddinova Munisa Bahodir qizi (Toshkent viloyati);

🔵 “Ezgulik g‘alabasi” nominatsiyasi - Safina Alina (Toshkent shahri);

🔵 “Ertak qahramoni chizilgan eng yaxshi rasm” nominatsiyasi - Akbarova Asila (Samarqand viloyati);

🔵 “Ertak syujetining eng yaxshi tasviri” nominatsiyasi - Vasidova Samina (Toshkent shahri);

🔵 “Ertakda xalq diplomatiyasi ifodasi” nominatsiyasi - Rustamova Ruxshona (Samarqand viloyati).

✅ Tadbirda  g‘olib va sovrindorlarga tanlov mukofotlari topshirildi