close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun, 30 yanvar kuni, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Ikuo Xirayama nomidagi Xalqaro madaniyat karvon saroyida “Estampning qaytishi” nomli grafika ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazmada rassom Asliddin Kalonov hamda 17 nafar talabaning ofort, linogravyura va litografiya usullarida ishlangan 50 ga yaqin ijodiy ishlari namoyish qilindi.

1961 yilda Tasviriy san’at fakulteti tarkibida “Kitob grafikasi” bo‘limi ochildi. Uning tashkil topishida Pekin rassomchilik akademiyasida uzoq yillar dars bergan buyuk akademik Shirovskiy jonbozlik ko‘rsatdi va ushbu kafedraga birinchi bo‘lib mudirlik qilgan.

Institut O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan 1997 yilda tashkil topdi va unga ulug‘ miniatyurachi rassom Kamoliddin Behzod nomi berildi. Institut qisqa vaqt ichida o‘z yo‘nalishi va ijodiy an’analariga ega bo‘ldi.

2024 yil institut Ilmiy kengashining qaroriga ko‘ra “Grafika” hamda “Miniatyura va xattotlik” kafedralari qo‘shilib, “Miniatyura va kitob grafikasi” kafedrasi qayta tashkil etildi.

Ko‘rgazmada institutning 17 nafar talabasi tomonidan yaratilgan 40 dan ortiq ijodiy ishlar namoyish qilinmoqda. D. Abdullayeva, X. Azimjonov, U. Istamtoshev, U. Quvondiqova, K. Nebogina, A. Ovchinnikova, M. Turabekova, K. Umarova, M. Aliyeva, M. Azimova, J. Jurabekov, X. Jurayeva, N. Ikromov, R. Qodirova, S. Pattaxova, K. Umarova, M. Xudoyberganovalar ofort, linogravyura va litografiya usullarida ijod qilgan asarlari bilan ishtirok etmoqda.

💡 Ko‘rgazma joriy yilning 8 fevraliga qadar davom etadi.