Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun Markaziy ko'rgazmalar zalida Xalqaro an'anaviy san'at festivalining tantanali yopilish va g'oliblarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.Festivalda faol ishtiroki uchun Janubiy Koreyaning Kemyong universiteti talabalari va Taekvondochilari jamoasi  O‘zbekiston Badiiy akademiyasining oltin medali bilan taqdirlandi.Nominatsiyalar bo‘yicha diplom va maxsus esdalik sovg‘alarini o‘z egalariga  O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari Odinaxon Axmedova topshirdi.

Nominatsiyalar g'oliblari bilan tanishing:

1."Eng yaxshi ilmiy-amaliy konferensiya" – Toshkent davlat pedagogika universiteti

2."Eng faol ta'lim muassasasi" – Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi  

3."Eng yaxshi mahorat darsi" - Galitskaya Kamilaning akvarel bo'yicha ZXK “Nevskaya Palitra”  bilan hamkorlikdagi  mahorat darsi

4."Eng yaxshi loyiha muallifi" – Akobir Ismoilov «Dreamless Monkey» loyihasi

5."Eng yaxshi kreativ ta'lim muassasasi"-  Central Asian University “Arxitektura va dizayn kafedrasi”  

6."Eng yaxshi ijodiy g'oya" – Ishmuratova Gulnara

7."Eng yaxshi musiqali dastur" – Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati

8."Eng yaxshi liboslar namoyishi" - Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi 

9."Eng yaxshi hamkor tashkilot"- O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi

10."Eng yaxshi ekspozitsiya" – Maxkamova Saboxon,Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati

11."Eng faol targ'ibotchi" – Umar Kurbanov, art-blog,uz sayti

12."Eng yorqin yosh ijodkor" – Zebo Odilova Andijon ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati  

13. "Eng yaxshi bolalar musiqa  va san'at  maktabi" -    25-son Bolalar musiqa va sanat maktabi O'qituvchi Turg'unboyeva Dilshoda

14. "Eng faol ijodkor" - Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi 10 «b» sinf rahbar Kozakova Nodira

15."Eng yaxshi tashkilotchi" – “Haykaltaroshlik” kafedrasi mudiri  Usmanov Nodir

16."2025-yil festival topilmasi" – “Butaforiya” bo'limi Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi 

17."Eng yaxshi Oliy ta'lim muassasasi" – Chirchiq davlat pedagogika universiteti

18. "Eng yaxshi ixtisoslashtirilgan  san'at maktabi" - Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati

19."Eng yaxshi viloyat ishtirokchilari" – Xorazm ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati

20. "Eng faol jamoa" - Toshkent Kimyo xalqaro universiteti