close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Ispaniyaning nufuzli Fiestalonia Milenio xalqaro festival qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan, Yevropa va Osiyo yosh iqtidorlarini birlashtiruvchi “Fiestalonia Kazakhstan 2026” xalqaro san’at tanlovi o‘z yakuniga yetdi.

Tanlovning tantanali taqdirlash marosimi Qozog‘iston Respublikasi poytaxti — Astana shahrida bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi ixtisoslashtirilgan san’at maktablari va maktab-internatlari o‘quvchilari tanlovda munosib ishtirok etib, qator yuksak natijalarni qo‘lga kiritdilar.

Ro‘zi Choriyev nomidagi Surxondaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati:

  • Hursandova MarjonaLibos dizayni yo‘nalishi, 2-o‘rin

  • Xo‘jaqulova MuhlisaLibos dizayni yo‘nalishi, 2-o‘rin

  • Xamzayeva ZumradLibos dizayni yo‘nalishi, 2-o‘rin

  • Xudoyberdiyev ShohruxArxitektura yo‘nalishi, 2-o‘rin

  • Abduqahhorova ShaxloMahobatli rangtasvir yo‘nalishi, 1-o‘rin

  • Chorshanbiyeva DiyoraMahobatli rangtasvir yo‘nalishi, 1-o‘rin

  • Abdukarimova HadichaLibos dizayni yo‘nalishi, 1-o‘rin

Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi:

  • Tojimamatov FazliddinArxitektura yo‘nalishi, 1-o‘rin

  • Islomov HusanArxitekturaviy maket yo‘nalishi, 1-o‘rin

Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan Rassomlik maktabi:

  • Salikhova ZiyodakhonArxitektura grafikasi yo‘nalishi, 1-o‘rin

Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati:

  • Marufjonov AbdullohArxitekturaviy maket yo‘nalishi, 2-o‘rin

Shuningdek, Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatining mutaxassislik fani o‘qituvchisi Ravshan Irgashev Arxitektura yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Mazkur yutuqlar yosh ijodkorlarning xalqaro maydondagi salohiyati, ustoz-shogird an’analarining mustahkamligi hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tizimida yo‘lga qo‘yilgan uzluksiz ta’lim jarayonining samarali natijasi ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.