close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 824-son qaroriga muvofiq, “O‘zbekistonda bayramlarning g‘oyaviy-ma’naviy mazmunini yanada kuchaytirish va ommalashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”, 2026-yil aprel-may oylarida professional fotosuratchilar o‘rtasida “Eng Yaxshi Fotosurat” ijodiy asarlar tanlovi tashkil etiladi.


Tanlov shartlari:

  • Tanlovda foto san’ati yo‘nalishidagi professional fotosuratchilar ishtirok etishi mumkin; yosh chegarasi mavjud emas.

  • Ishtirokchilar tanlov e’lon qilingan kundan boshlab bir oy ichida quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

    • Ariza-anketa;

    • Oilalarda tinchlik va xotirjamlikni ifodalovchi, bayram kayfiyatini kengroq yoritishga qaratilgan ijodiy fotosuratlar (10 donadan ortmagan, o‘lchamlari: 30×45 sm, 60×40 sm yoki 50×60 sm);

    • Fotosurat haqida alohida ma’lumot: nomi, mazmuni, sana, olingan joy va unda nima/kim tasvirlanganligi.

  • Taqdim etilayotgan barcha fotosuratlar nomi o‘zbek va ingliz tillarida bo‘lishi zarur.


Fotosuratlarga qo‘yiladigan talablar:

  • Oxirgi 3 yil ichida yaratilgan va nashr etilmagan, oilalarda tinchlik va bayram kayfiyatini aks ettiruvchi, milliy an’ana va urf-odatlarni targ‘ib qiluvchi ijodiy fotosuratlar qabul qilinadi.

  • Fotosuratlar boshqa tanlovlarda g‘olib bo‘lgan yoki yuborilgan bo‘lishi mumkin emas.

  • Internet nashriga mos texnik xususiyatlarga javob berishi kerak.

  • O‘lchamlari: 30×45 sm, 60×40 sm yoki 50×60 sm.

  • Muallif fotosuratlarni ramka yoki fomeksga joylashtirgan holda topshirishi mumkin.

  • Ishtirokchilar o‘z ismlarini fotosuratda yoki nomida ko‘rsatmasligi lozim.

  • Fotosuratlarga ishlov berish tasvir tarkibini buzmasligi kerak (rang, kontrast, ekspozitsiya, shovqinni kamaytirish, HDR va tiniqlikni oshirish ruxsat etiladi).

  • Fotosurat haqiqiyligini buzmasligi, sifatsiz yoki haqiqiyligini tekshirib bo‘lmaydigan asarlar rad etiladi.


Tanlov tartibi va mukofotlar:

  • Tanlov natijalari bo‘yicha ijodiy ko‘rgazma tashkil etiladi.

  • G‘oliblar diplom va belgilangan tartibda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.


Fotosuratlar qabul qilinadigan manzil:

🏢 Toshkent shahri, Mirobod tumani, Istiqbol ko‘chasi, 4-uy, Toshkent fotosuratlar uyi
📆 1-apreldan 30-aprelgacha
☎️ Aloqa: (71) 233-97-43, (71) 233-80-51
📧 E-mail: jasper1486@mail.ru
📞 Ma’lumot uchun: (71) 252-30-88, (71) 256-35-56