Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
Mamlakatimizda umummilliy totuvlik, birdamlik va hamjihatlikni mustahkamlash, barcha fuqarolarga teng huquq va imkoniyatlar yaratish, ko‘p millatli xalqimizning jonajon O‘zbekistonimiz farovonligiga daxldorligini kuchaytirish orqali yagona fuqaroviy o‘zlikni shakllantirishga xizmat qiluvchi navbatdagi muhim tadbir tashkil etilmoqda.
🗓 2025-yil 25-sentyabr, soat 16:00 da
📍 Milliy madaniy markazlar pavilyonida
🎯 “Bir xalq, bir yurtmiz” mavzusida fotoko‘rgazma bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rgazmada O‘zbekistonning shahar va hududlari, u yerda yashovchi aholi turmush tarzi, millatlararo totuvlik, do‘stlik va hamjihatlikni ifodalovchi eng yaxshi suratlar namoyish etiladi.
Ko‘rgazma yakunida umummilliy totuvlik g‘oyasini eng yorqin aks ettirgan hamda g‘olib deb topilgan fotosuratlar mualliflari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Milliy madaniy markazlar vakillari, shuningdek, professional va havaskor fotorassomlarni mazkur ko‘rgazmada ishtirok etishga taklif qilamiz!
📞 Murojaat uchun: +998 90 372-99-55
🏢 Tashkilotchi: Toshkent fotosuratlar uyi