close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

2026 yilning 13 mart kuni soat 17:00 da O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvonsaroyi kichik ko‘rgazma zalida rassom Galina Stepanning “TOG‘LARDAGI SUKUNAT” nomli shaxsiy ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazmada rassomning keyingi yillarda ishlagan 30 ga yaqin rangtasvir ishlari namoyish qilindi.

Rangtasvirchi, grafik rassom Galina Stepan — 1946 yil Mordoviya Respublikasining Saransk shahrida tug‘ilgan.

Galina Stepanning ijodi qariyb 70 yilni o‘z ichiga oladi. U mavzuli asarlar yaratishda katta mahoratga ega. Portret, manzara va nyu janrlarida ko‘plab asarlar yaratgan. Oxirgi paytlarda esa ko‘proq natyurmort janrida ishlamoqda.

Keyingi o‘n yillikda G. Stepan peyzaj va portretni faol rivojlantirdi. Uning bu janrlarga bo‘lgan qiziqishi Markaziy Osiyoga ko‘plab sayohatlari (1976–2000) bilan yanada kuchaydi. Bu davrda u N. Rerix va P. Falbov kabi rassomlar ijodining ta’sirini ham his etdi.

Ekzotik janubiy landshaftlar, qadimiy shaharlar hamda mahalliy aholi turmush tarzi rassomni ilhomlantirib, Sharq manzaralariga bag‘ishlangan asarlar yaratishga undadi. G. Stepan tog‘larga alohida mehr qo‘yadi. Bu esa rassomga nafaqat ranglarda yangi kashfiyotlar qilish, balki ichki xotirjamlik topish imkonini ham beradi.

📌 Ko‘rgazma joriy yilning 23 mart kuniga qadar davom etadi.