Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

25-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda “Progetto Angeli” a.p.s. Xalqaro madaniy assotsiatsiyasi (Italiya) o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Mazkur kelishuv O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi madaniy hamda ijodiy hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, ikki mamlakat rassomlari, amaliy bezak san’ati ustalari va ijodiy tashkilotlari o‘rtasidagi professional aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.

Hujjatni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nuridinov hamda “Progetto Angeli” a.p.s. Xalqaro madaniy assotsiatsiyasi rahbari Aida Abdullayeva imzoladi.

Memorandumga muvofiq tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib oldilar:
• madaniy va ijodiy aloqalarni rivojlantirish hamda mustahkamlash;
• tasviriy va amaliy san’at sohasida tajriba va axborot almashish;
• o‘zaro qiziqish uyg‘otuvchi madaniy loyihalar va tashabbuslarda hamkorlikda ishtirok etish.

Hamkorlik quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
• qo‘shma badiiy ko‘rgazmalar tashkil etish;
• ta’limiy tadbirlar — mahorat darslari, ma’ruzalar va seminarlar o‘tkazish;
• ikki mamlakat madaniyati va san’atiga bag‘ishlangan qo‘shma nashrlar tayyorlash;
• tanlovlar, ko‘rgazmalar va boshqa madaniy tashabbuslar orqali yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash.

Memorandumning imzolanishi O‘zbekistonning xalqaro madaniy aloqalarini mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘lib, ikki mamlakat rassomlari va san’at ahli o‘rtasida ijodiy almashinuv uchun yangi istiqbollarni ochdi.