Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
Bugun, 17-sentyabr kuni, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvonsaroyida hunarmand Malikovlar oilasining “San’at: kecha va bugun” nomli oilaviy ko‘rgazmasining ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmada amaliy san’atning naqqoshlik, ganchkorlik, kashtadozlik, do‘ppi tikish kabi turlari bilan shug‘ullanib kelayotgan toshkentlik Malikovlar oilasining 60 ga yaqin ijodiy ishlari namoyish etildi.
Toshkent shahrida tug‘ilgan. Otalari kosib bo‘lgan. O‘g‘lining rasmlar chizishga qiziqishini ko‘rgan ota unga alohida e’tibor bera boshlaydi va mashhur naqqosh Malik akaga shogirdlikka beradi. U patnislar, naqshlar, tovuslar va gullar chizib, ularni sotish orqali kun ko‘radi.
Ko‘rgazmada Abdug‘ofur akaning quyidagi ishlarini ko‘rishingiz mumkin:
“Xontaxta”
“Televizor uchun taglik”
“Patnislar”
“Kiyim osadigan”
“Portret uchun ramka”
“Lagan”
hamda o‘sha davrdagi fotosuratlari
Otadan o‘tgan qobiliyat farzandlarining ham san’atga bo‘lgan mehrini uyg‘otgan.
1960 yilda Toshkentda tug‘ilgan. Maktab davridayoq ganchkorlik to‘garagiga qatnashgan. O‘zbekiston xalq rassomi Mahmud usta Usmonov qo‘lida tahsil olib, xalq amaliy san’ati ustalari birlashmasida o‘qishni yakunlagan.
Uning ilk ijodiy ishlari:
“Zanjira” o‘yma ishlari
“Sharqona sayqal” – birinchi chizgan rasmi
2000 yilda Malayziyada madrasani bezashda ishtirok etgan. Respublikadagi ko‘plab binolarda bezak ishlarini bajarib kelmoqda. Ko‘rgazmada bu jarayonlarni aks ettirgan fotosuratlar ham namoyish qilinmoqda.
2020 yildan – O‘zbekiston Badiiy Ijodkorlar uyushmasi a’zosi
Har yili o‘tkaziladigan **“Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali”**ning doimiy ishtirokchisi
1959 yilda Toshkentda tug‘ilgan. Bosmaxonada ishlagan bo‘lishiga qaramay, kashtachilik san’atiga yoshligidan qiziqqan. Ko‘rgazmada quyidagi ishlarini ko‘rishingiz mumkin:
“Dala hovli”
“Bizning bog‘”
“Dam olish maskani”
“Ayiqcha”
“Yostiqlar”
Abdunosir Malikovning farzandlari ham bugungi kunda hunar ortidan farovon hayot kechirmoqda. O‘g‘illari va kelinlari ham san’atda otalaridan qolishmaydi.
📍 Ko‘rgazma joriy yilning 27-sentyabriga qadar davom etadi.