Joriy yil 24-fevral kuni Xitoy Xalq Respublikasining Xarbin shahrida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi raisi, akademik Ibrohim Valixo‘jayevning shaxsiy ko‘rgazmasi ochiladi.
“Qordagi quyosh” nomli ko‘rgazma Uy Shun san’at muzeyi zalida bo‘lib o‘tadi.
Bu nafaqat vernisaj, balki “Bir makon – bir yo‘l” xalqaro loyihasi doirasida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi yorqin madaniy muloqotdir.
Ko‘rgazmada ustoz rassomning 2024-yilda yaratgan 19 ta yirik hajmdagi ishlari namoyish etiladi.