close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Rassomlik mahorat ustaxonasida faoliyat yuritayotgan stajyor-tadqiqotchilar uchun yaratilayotgan ijodiy va ilmiy muhit o‘zining amaliy natijalarini tobora namoyon etmoqda. Mazkur tizimning asosiy maqsadi yosh va iste’dodli ijodkorlarning kasbiy mahoratini yanada oshirish, ularning ijodiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash, ustoz-shogird an’analarini rivojlantirish bilan bir qatorda, ularni xalqaro san’at maydoniga olib chiqishdan iboratdir.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Rassomlik mahorat ustaxonasi stajyor-tadqiqotchisi, Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, Chirchiq davlat pedagogika universiteti Tasviriy san’at va dizayn kafedrasi katta o‘qituvchisi, iste’dodli rassom Mirali Maxmudovning Niderlandiyada o‘tkazilgan xalqaro ijodiy tanlovdagi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

2026-yil 4–6-sentabr kunlari Niderlandiyaning Kronenberg shahridagi Peelbergen ot sporti markazida Axalteke otlarining betakror go‘zalligini san’at orqali tarannum etishga bag‘ishlangan xalqaro tanlov tashkil etildi. Tanlovda rassomlik, haykaltaroshlik, zargarlik, gilamchilik va fotografiya yo‘nalishlarida ijodiy ishlar namoyish etildi.

Mazkur nufuzli xalqaro tanlovda O‘zbekiston vakili sifatida ishtirok etgan Mirali Maxmudov o‘zining ijodiy ishi bilan faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Badiiy akademiya huzuridagi stajyorlik tizimida tahsil olayotgan yosh ijodkorlarning xalqaro tanlov va ko‘rgazmalardagi ishtiroki hamda qo‘lga kiritayotgan natijalari bu yo‘nalishdagi ishlarning davomiy va istiqbolli xarakterga ega ekanini ko‘rsatadi. Zero, har bir xalqaro ishtirok va har bir sovrinli o‘rin — o‘zbek tasviriy san’atining yangi avlod vakillarini jahon ijodiy maydonida munosib namoyon etish yo‘lidagi muhim qadamdir.