Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

2025-yilda madaniy boyliklarni himoya qiluvchi ilk xalqaro hujjat — Rerix Pakti (“San’at va ilm muassasalari hamda tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish to‘g‘risida shartnoma”, 1935-yil) imzolanganiga 90 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan 2025-yil 9-sentabr kuni Toshkent fotusuratlar uyida Moskva shahridagi Xalqaro Rerixlar Markazining «Ijodkor koinoti» ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.

Taqdim etilayotgan ekspozitsiya Rerix merosining keng qamrovini ochib beradi. Nikolay Rerix — 7000 dan ortiq rangtasvir asarlari muallifi, Markaziy Osiyo tadqiqotchisi, olim va jamoat arbobi, madaniyatni himoya qiluvchi birinchi xalqaro hujjat — Rerix Pakti tashabbuskori sifatida tanilgan.

Ko‘rgazma 9 tematik bo‘limdan iborat bo‘lib, Rerixning hayoti va ijodining turli bosqichlarini qamrab oladi. Tomoshabinlar e’tiboriga Rerixlar oilaviy arxividan fotomateriallar hamda rassomning asarlari reproduksiyalari taqdim etiladi.

 Ko‘rgazma bo‘limlari:
 “Boshlanish” — rassomning 1874-yilda Sankt-Peterburgda tug‘ilishi, ta’lim olishi va ilk muvaffaqiyatlari.
 “Men Ladani uchratdim…” — rafiqasi Yelena Rerix bilan ijodiy hamkorlik va oilaviy hayot.
 “Dastlabki ijod (1901–1916)” — teatr bezaklari va akademik faoliyati.
 “Uzoq chaqiriqlar” — Finlyandiya va Yevropadagi ko‘rgazmalar, AQSh davri, Rerix muzeyi ochilishi.
 “Markaziy Osiyo ekspeditsiyasi (1924–1928)” — ilmiy va badiiy izlanishlar natijasida yaratilgan 500 dan ortiq asarlar.
 “Tong yulduzining nuri” — “Urusvati” Himolay tadqiqot instituti faoliyati va ilmiy ishlari.
 “Manjur ekspeditsiyasi” — keng ko‘lamli ilmiy tadqiqot loyihasi.
 “Rerix Pakti — Madaniyat orqali tinchlik” — 1935-yilda Vashingtonda imzolangan shartnoma va Tinchlik Bayrog‘i ramzi.

Ko‘rgazma 2025-yil 18-sentabrga qadar davom etadi!