2026 yilning 6 mart kuni soat 17:00da O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining katta ko’rgazmalar zalida "IKEBANA SAN'ATI" nomli fotoko'rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmada ikebana san’atini namoyish etuvchi 60 ga yaqin fotosuratlar taqdim etilmoqda.
Tashkilotchilar: O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi, Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi va Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyi.
Ikebana san’ati
Ikebana – yaponchadan ike – hayot va bana yoki xana – gullar degan ma’noni bildiradi. Ikebana an’anaviy yapon san’ati bo‘lib, kesilgan gullar va shoxlarni maxsus idishlarga joylashtirish, shuningdek, interyerga mos tarzda to‘g‘ri o‘rnatish hamdir.
Ikebana san’atida kompozitsiya yaratishda turli xil tabiiy mahsulotlar ishlatiladi: o‘simliklar, shox, gullar, ho‘l mevalar, barg, quruq o‘tlar, tuproq, qum, tosh, shisha, suv, plastik kabilar. Kompozitsiyalar maxsus vazalarga o‘rnatiladi.
Ko‘rgazmadagi fotosuratlarning har biri insonga o‘zgacha zavq va tasavvur beradi.
➡️ Ko`rgazma joriy yilning 15 martigacha davom etadi.