Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun, 10-iyun kuni Toshkent fotosuratlar uyida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, fotorassom Irina Shurning "Ko'p qirrali Italiya" shaxsiy fotoko‘rgazmasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Ko‘rgazmada ijodkorning 68 ta fotosurati namoyish etildi.

Irina Shur – hujjatli va badiiy fotografiya chorrahasida ishlaydigan fotograf. Uning linzalari nafaqat shaklni, balki borliqni ham qamrab oladi, tomoshabinni tafakkurga va ichki sayohatga chorlaydi.

Fotorassom muntazam ravishda tomoshabinlarga sayohat qilish va fotografiya orqali madaniyatni o‘rganishga bag‘ishlangan shaxsiy ko‘rgazmalarini taqdim etadi. Bu safar uning fotohikoyasi qahramoni sivilizatsiyalarning ko‘p qatlamli mamlakati, ulug‘vor va insonlarni cheksiz ilhomlantiruvchi Italiyadir.

Ma’lumki, Italiya boy madaniy va tarixiy merosga ega mamlakat, Yevropa sivilizatsiyasining beshigi, Uyg‘onish davrining vatani hisoblanadi. Bu davlat, allaqachonlar, san’at, me’morchilik, musiqa va oshxona madaniyati borasida jahon madaniy merosining timsoliga aylanib bo‘lgan.

Irina Shurning mazkur fotoko‘rgazmasi tomoshabinni mamlakatning ramziy shaharlari va landshaftlari bo‘ylab vizual sayohatga taklif qiladi: mahobatli Rimdan, ixcham va nafosatli Venetsiyagacha, nafis Florensiyadan, vazmin Pizagacha, salohiyatli Milandan, Vezuviy vulqonining hidi anqib turgan, shovqin-suronli, qaynoq Neapolgacha.

Ekspozitsiyani kuzatar ekan tomoshabin, Alpning viqorli tog‘larini, suvi tiniq ko‘llarning ulug‘vorligini, qoyalar va dengiz orasida yashiringan Genuya porti haybatini, shimoliy shaharlarning me’moriy ulug‘vorligini his etadi.