Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
O’zbekiston Badiiy akademiyasi bosh ilmiy kotibi F. Abidjanova boshchiligidagi ishchi guruh Qo'qon ixtisoslashtirilgan san'at maktabida bo‘ldi.
Uchrashuv davomida ishchi guruh hamda maktab pedagog kadrlari bilan suhbat tashkil etilib, ularga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-iyuldagi PQ-212-son Qarori mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi. Shuningdek, soha rivoji uchun takliflar yig‘ib olindi.
Qo'qon ixtisoslashtirilgan san'at maktabi orkestr jamoasi tomonidan ijodiy chiqishlar — bir qator asarlar ijro etildi.
Shundan so‘ng, ishchi guruh maktab faoliyati bilan yaqindan tanishdi.