Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

🗓 2025-yil 16-sentyabr kuni Koreya Respublikasining Kvanmyon shahrida (Kyongido provinsiyasi) joylashgan Alice galereyasida “Koreya – Markaziy Osiyo san’at almashinuvi” ko‘rgazmasi tantanali tarzda ochildi.
📎 Manba: mediapia.co.kr


🤝 Xalqaro hamkorlik samarasidir

Mazkur ko‘rgazma O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi, Koreya – Markaziy Osiyo san’at almashinuvi ko‘rgazma qo‘mitasi, Tegu shahridagi Bongsan madaniyat markazi va boshqa hamkor tashkilotlar ko‘magida tashkil etildi.


🎨 O‘zbekistonlik yosh rassomlarning asarlari e’tibor markazida

Ko‘rgazmada O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Rassomlik mahorat ustaxonasi stajyor-tadqiqotchilari:

  • Javohir Niyozov,

  • Baxtiyor Dedashev,

  • Shohruh Qosimov

tomonidan yaratilgan asarlar Koreyalik san’at ixlosmandlari e’tiboriga havola etildi.


🎤 Ochilish marosimi: e’tirof va samimiy fikrlar

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi favqulodda va muxtor elchisi Alisher Abdusalomov, Kvanmyon shahri hokimiyati vakillari hamda san’at sohasi mutaxassislari ishtirok etdi.

Nutq so‘zlaganlar ko‘rgazma ishtirokchilarining ijodini yuqori baholab, ushbu tadbir ikki davlat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidlashdi.


🧑‍🎨 Kurator fikri: O‘zbek san’ati zamonaviylik va an’anaviylik uyg‘unligida

Ko‘rgazma kuratori An Se Xi quyidagi fikrlarni bildirdi:

“O‘zbek rassomlari tinimsiz yaxshi asarlar yaratmoqdalar. Eng muhimi, O‘zbekiston hukumati mamlakatda rassomlarning ijodiy ishtiyoqini rag‘batlantirish siyosatini olib bormoqda. Ko‘rgazmada mahobatli freskalar chizuvchi Javohir Niyozov, tarix va an’ana mavzulari bilan ishlovchi Shohruh Qosimov va o‘zbek miniatyura maktabi an’analarini o‘ziga xos tarzda davom ettirayotgan Baxtiyor Dedashev asarlari orqali bir vaqtning o‘zida zamonaviylik va an’anaviylikni his eta olasiz.”


📅 Ko‘rgazma 30-sentyabrga qadar davom etadi

Yosh o‘zbek rassomlarining ushbu xalqaro ko‘rgazmasi 2025-yil 30-sentyabrigacha davom etadi. San’at ixlosmandlari va keng jamoatchilikni ko‘rgazmadan bahramand bo‘lishga taklif qilamiz.


📌 Eslatma

Rassomlik mahorat ustaxonasi stajyor-tadqiqotchilari J. Niyozov, B. Dedashev, Sh. Qosimovning avvalgi ko‘rgazmasi 2024-yilda Janubiy Koreyaning Tegu shahridagi Bongsan madaniyat markazida o‘tkazilgan edi.
📎 Havola: ArtAcademy Telegram