Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti va Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida hamkorlik memorandumi imzoladi.

Tadbirda institut prorektorlari, professor-o'qituvchilar hamda talabalar ishtirok etib, memorandum doirasida  institut va muzey o‘rtasida o‘quv jarayoni, ilmiy va ijodiy faoliyatni rivojlantirish maqsadida mazkur muzeyda “San'at tarixi va nazariyasi kafedrasi filiali” tashkil etildi.

Tarixiy va zamonaviy san'at asarlarini o'zida jamlagan ushbu muzeyda institut kafedrasi filialining tashkil etilishi talabalarning amaliy ko‘nikmalar bilan sifatli bilim olishi hamda bitiruvchilarning bugungi kunda talab yuqori bo‘lgan kadrlar bozoriga katta tajriba bilan kirib borishida muhim ahamiyat kasb etadi.