Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Xitoy Xalq Respublikasi Shanxay san‘at kolleksiyalari muzeyi direktori Hu Mu Chin va direktor o‘rinbosari Marie Mao Toshkentga safari chog‘ida O‘zbekiston Badiiy akademiyasiga qarashli Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san‘ati muzeyiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida muzey direktori Gulabza Qarshiyeva hamda Shanxay san‘at kolleksiyalari muzeyi direktori Hu Mu Chin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ikki tashkilot o‘rtasida hamkorlik bitimini imzolash, shuningdek, bitim asosida ko‘rgazmalar tashkil etish va qo‘lda qog‘oz tayyorlash bo‘yicha almashinuv loyihalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Tashrif davomida xitoylik mehmonlar muzey kolleksiyasidagi miniatyura asarlari hamda qadimiy qo‘lyozmalar bilan tanishdilar. Ushbu kolleksiya ularda katta qiziqish uyg‘otdi.