Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Samarqand shahrida O‘zbekiston Badiiy akademiyasining akademigi Nuriddin Kalanovning "Samarqand ruhi" va "Ustoz-shogird" nomli  ijodiy ishlar ko‘rgazmasi ochildi. 

Tadbirda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur ishtirok etdi.  

Akademik N. Kalanov bu yil 75 yoshni qarshiladi. 

Badiiy akademiya raisi Akmal Nur  tadbirda so‘zlagan nutqida ustoz rassomning nafaqat Samarqand, qolaversa O‘zbekiston tasviriy san’ati rivojiga qo‘shgan hissasini, uzoq yillik samarali ijodiy faoliyatga egaligini, asarlarida Sharq gavhari - Samarqand ruhini, yurtimiz bor go‘zalligini, insonlarini rangin bo‘yoqlarda tarannum etib kelayotganini alohida e’tirof etdi  va  samimiy tilaklar bildirib, N.Kalanovga Badiiy akademiya diplomini topshirdi.   

Tadbirda Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ishtirok etdi va rassomni 75 yoshi bilan tabrikladi. 

Tadbirda shuningdek, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi raisi I.Valixodjayev, akademiklar, rasslmlar, uyushmaning viloyatlar bo‘limi a’zolari, keng jamoatchilik vakillari, rassom ijodi muxlislari ishtirok etdi. N.Kalanovga O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi oltin medali ham taqdim etildi.   

Ko‘rgazmada rassomning turli yillarda yaratgan asralari namoyish etilmoqda.