Poytaxtimizda bo'lib o'tayotgan “Voqealar gorizonti” XI Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biennalesi doirasida xorijiy rassomlar uchun bugun Badiiy akademiya tomonidan Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi.
Mehmonlar Samarqandning boy merosi, tarixiy obidalari bilan yaqindan tanishtirildi.
Shu bilan birga xorijiy rassomlar O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining Samarqand bo‘limi galereyasida tashkil qilingan Samarqand rassomlari ko‘rgazmasini tomosha qilishdi.