close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Joriy yil 20–24-aprel kunlari o‘tkaziladigan Xalqaro an’anaviy tasviriy va amaliy san’at festivalida ishtirok etadigan xorijlik rassom-ijodkorlar Toshkent shahriga yetib kelishmoqda.

Toshkent xalqaro aeroportida ularni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi o‘rinbosari Farhod Tashmuxamedov boshchiligida kutib olish marosimi tashkil etildi. Unda Koreya Respublikasi Kemyong universiteti professor va talabalari tantanali ravishda kutib olindi.

Mazkur universitet vakillari Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivalida o‘z ko‘rgazmalari, badiiy loyihalari va mahorat darslari bilan faol ishtirok etadi.