Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

21-iyun kuni Oʼzbekiston Badiiy akademiyasi galeriyasida "Xalqaro Ruminiya liboslari kuni"ga bag'ishlangan  Milliy rumin liboslari koʼrgazmasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

🎨Ko'rgazmada an'anaviy o'zbek liboslaridan ilhomlangan va zamonaviy liboslar dizayni elementlari bilan uyg'unlashgan, rumin va o'zbek xalqi qadriyatlarini o'zida mujassam etgan liboslar YUNESKO ning sifat sertifikati sohibasi, fаshion dizayner Marhamat Umarova tomonidan tomoshabin e'tiboriga taqdim etildi hamda san'at ixlosmandlari va professonal dizaynerlar e'tirofiga sazovar bo'ldi.

Tadbirda so'zga chiqqan Ruminiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Daniel Kristian Chobanu mazkur loyihani ikki davlat o'rtasida aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishini ta'kidlab o'tdi.

❗️Mazkur ko'rgazama joriy yilning 27-iyunigacha davom etadi