Poytaxtimizdagi Akmal Nur Gallery san’at galereyasida O‘zbekiston xalq rassomi, akademik, Badiiy akademiya raisi Akmal Nurning “Mening uyim — mening Kaʼbam” deb nomlangan shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi.
Mazkur maskanda Nur Art School maktabi faoliyati ham e’lon qilindi.
Ko‘rgazmada muallifning so‘nggi 5 yil davomida matoga tushirgan 60 dan ortiq asarlari o‘rin oldi.
Faol ijod qilayotgan akademik rassom san’at ixlosmandlariga avval “Ichimdagi ichimdadir” (“Во мне”) deb nomlangan ko‘rgazmasini ham taqdim etgan edi.