Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
20-may kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasida “Zakovat intellektual klubi” NNT hamkorligida “MILLAT OYDINLARI” (jadid mutafakkirlari faoliyatini o‘rganish maqsadida) mavzusiga bag‘ishlangan “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Mazkur intellektual o‘yin O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi ““Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-96-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
O'yinda Badiiy akademiya va uning tizim tashkilotlari xodimlaridan tashkil topgan 6 kishidan iborat 6 jamoa o’z bilimlarini sinovdan o’tkazishdi. Ular:
Mazkur intellektual o'yinlarini o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad, badiiy ta’lim yo'nalishida xizmat qilayotgan xodimlarning intellektual va professional bilim darajasi, ma'naviy-axloqiy saviyasini muntazam ravishda oshirib borishdir.
Badiiy akademiya va tizim tashkilotlari xodimlarini kitob mutolaasi bilan ko'proq shug'ullanishga va bilim olishga intilishlarini mustahkamlash maqsadida o'yin mavsumiy tarzda olib boriladi hamda so'ngi o'yinda barcha natijalar hisoblanib eng ko'p ball yig'gan jamoa “Zakovat” intellektual o‘yini g'olibi deb topiladi.
Birinchi o'yin natijalariga ko'ra Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabining “Ma’rifat yulduzlari” jamoasi hozirda peshqadamlik qilmoqda!