Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
Bugun, 23-avgust kuni Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabida yoshlar qalbi va irodasini birlashtirgan muhim sport voqeasi — O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi kubogi uchun mini-futbol bo‘yicha final musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
✅ Mazkur musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrda qabul qilingan PQ–421-son – “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etildi. Ushbu qaror asosida yoshlarda sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish Badiiy akademiya tizimida ham izchil amalga oshirilmoqda.
✔️ Final bosqichida Badiiy akademiya tizimidagi saralash o‘yinlarida g‘olib chiqqan eng kuchli jamoalar maydonga tushib, san’atkorlik ruhini sport orqali namoyon etdilar.
Ular orasida:
🔴 O‘zbekiston Badiiy akademiyasi,
🔴 Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi,
🔴 Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati,
🔴 Andijon ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati,
🔴 Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati jamoalari o'zaro bellashishdi.
📈 Bahslar qizg‘in ruhda, halollik va jamoaviylik tamoyillari asosida kechdi. Maydondagi har bir zarba, har bir g‘alaba uchun kurash yoshlardagi iroda, g‘ayrat va mahoratni yorqin namoyon etdi.
Musobaqa yakunida quyidagi natijalar qayd etildi:
🥉 3-o‘rin — Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati,
🥈 2-o‘rin — Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati,
🏅 1-o‘rin va Badiiy akademiya raisi kubogi sohibi — Andijon ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati.
🏆Musobaqa yakunida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, O‘zbekiston xalq rassomi Akmal Nur g‘olib va sovrindor jamoalarga faxriy diplomlar, esdalik sovg‘alarni hamda Badiiy akademiya raisi kubogini tantanali ravishda topshirdi hamda o'z nutqida yoshlar faoliyatiga yuksak baho berdi:
“Bugun biz san’at va sportning uyg‘unligini o‘zida mujassam etgan yoshlarimizning salohiyatiga guvoh bo‘ldik. Bunday bellashuvlar yoshlarda nafaqat g‘alabaga intilish, balki iroda, hamjihatlik va do‘stlik tuyg‘ularini ham mustahkamlaydi. Har bir g‘alaba — bu kelajakka bo‘lgan ishonchdir. Akademiya tizimidagi yoshlarning ijodda ham, sportda ham muvaffaqiyat qozonishi bizning eng katta yutug‘imizdir.”
❗️Mini-futbol bo‘yicha O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi kubogi nafaqat sport musobaqasi, balki yoshlar qalbida sog‘lom turmush tarziga intilish, milliy g‘urur va jamoaviylikni mustahkamlovchi katta maktab bo‘ldi. Tadbir san’at va sport uyg‘unligining yorqin timsoli sifatida tarixda o‘z o‘rnini egallab, barkamol avlod tarbiyasida muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi.❗️