Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
Qo‘qon yog‘och o‘ymakorlik maktabining asoschisi Qodirjon Xaydarov sulolasining oltinchi avlod vakili, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi, Respublika "Hunarmand" uyushmasi a’zosi, ustazoda Mirzayunus Umarovning 70 yillik yubileyi munosabati bilan Qo‘qon shahridagi “Art rezidensiya” majmuasida “San’atga baxshida umr, yoxud uzilmagan shajara“ nomli ko‘rgazmasi o‘tkazildi.
Ko‘rgazmaning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur, Badiiy akademiya akademigi Akbar Xakimov, Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaahmedov hamda Qo‘qon shahar hokimi Ma’ruf Usmonovlar ishtirok etib, ustazoda Mirzayunus Umarovning yog‘och o‘ymakorlik san’atidagi o‘ziga xos qirralari xususida so‘z yuritishdi.
Tadbirda nafaqat Farg'ona viloyati, balki respublika miqyosida faoliyat ko'rsatib kelayotgan hunarmandlar qatnashdi.
Tadbirda O'zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur usta hunarmand Mirzayunus Umarovni Qo'qon yog'och o'ymakorligi maktabini rivojlantirishga qo'shgan ulkan hissasi uchun O'zbekiston Badiiy akademiyasining oltin medali bilan taqdirladi.
Qodirjon Xaydarov yog‘och o‘ymakorligi maktabini davom ettirib 100 dan ortiq shogirdlarni tarbiyalagan Mirzayunus Umarov bir necha marotaba shahar, viloyat va respublika ko‘rik tanlovlarida faol ishtirok etib, turli xil nominatsiyalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritib diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlangan.