Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

23- oktabr kuni  O‘zbekiston Badiiy akademiyasining “Akademiya” galereyasida Moskva shahri ustalarining “Moskvada ishlab chiqarilgan” nomli bezak va amaliy sanʼat asarlari namunalaridan iborat ko‘rgazmasining ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Ko‘rgazmada rassom-modelyer, Rossiya Yuqori Moda birlashmasi aʼzosi, Sergey Yefremov,haykaltarosh, bezakchi, rassom  Yelena Kutuzova, Moskva rassomlar uyushmasi aʼzosi, haykaltarosh,  kulol Alina Shpichineskaya, batik va gobelen ustasi  Zoya Prokazina, taniqli dizayner Yelena Tepliskaya singari moskvalik bezak-amaliy sanʼat ustalarining 100 dan ortiq asarlari o‘rin oldi.