close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Italiya poytaxti Rim shahrida joylashgan Roma Tre universitetida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston va Italiya oliy taʼlim tashkilotlari rektorlarining Ikkinchi forumida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti (MRDI) rektori Omonulla Salixov ishtirok etmoqda.

Forum doirasida “Italiya va O‘zbekiston o‘rtasida innovatsiyalar hamda akademik hamkorlik: bugungi holat va kelajak istiqbollari” mavzusida anjuman tashkil qilindi.

MRDI rektori forum davomida Italiyaning tasviriy sanʼat sohasida yetakchi hisoblangan Rim Tasviriy sanʼat universiteti (RUFA) faoliyati va o‘quv jarayoni bilan tanishdi, universitet rahbariyati bilan uchrashdi.

Muloqotdan so‘ng o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi hamda kelgusida tomonlar o‘rtasida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, xorijiy stajirovka dasturlarini yo‘lga qo‘yish kabi muhim masalalar yuzasidan istiqbolli rejalar belgilab olindi.