close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

AZIZ YURTDOSHLAR!

 Sizlarni xalqimizning eng ulug‘ va eng qadrli ayyomi — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!

 Mustaqillik — milliy o‘zligimizni anglash, tariximiz va qadriyatlarimizni asrab-avaylash, erkin fikr va ijod uchun keng imkoniyatlar yaratgan buyuk ne’matdir.

 Bu qutlug‘ sana yillar davomida xalqimizning ezgu orzulari, bunyodkorligi va Vatanga bo‘lgan cheksiz mehrini o‘zida mujassam etib kelmoqda. Bugun yurtimizning har bir yutug‘ida, har bir bunyodkorlik ishida, har bir san’at asarida Mustaqillikning ruhi va qadri namoyon.

 Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratish yo‘lida barchamizga tinchlik, xotirjamlik, farovonlik va ulkan zafarlar yor bo‘lsin.

 Xonadonlaringizdan fayz-u baraka, qalblaringizdan ezgu niyat va yurtimiz osmonidan tinchlik arimasin!

Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!

O‘zbekistonimiz tinch va obod, xalqimiz hamisha baxtli va farovon bo‘lsin!