close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun Navoiy shahridagi San’at galereyasida qoraqalpog‘istonlik rassomlarning "An’ana va zamonaviylik" nomli ko‘rgazmasining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazmada 15 nafar taniqli va yosh rassomning 40 dan ortiq ijodiy ishi tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi. Tadbirning asosiy maqsadi Navoiy viloyati aholisi va mehmonlarini qoraqalpoq rassomlari ijodi bilan yaqindan tanishtirish, ijodiy aloqalarni mustahkamlash va yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘ldi.

Ekspozitsiyada manzara, natyurmort va milliy koloritga ega asarlar o‘rin oldi. Ularda qoraqalpoq xalqining turmush tarzi, urf-odatlari, milliy kiyimlari va madaniyati badiiy aks ettirilgan. Ko‘rgazma ishtirokchilar va tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi.