close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida “Nuqtadan taralgan nur” nomli ko‘rgazma ochildi.

Unda O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, taniqli xattot Islom Mamatov hamda uning shogirdlari ijodiga mansub 60 ga yaqin xattotlik asari o‘rin olgan.

Ekspozitsiya nomi chuqur ramziy ma’noga ega.

Qariyb qirq besh yildan buyon mohir xattot qalamidan tomgan har bir nuqta mangu bilimlar, yuksak hikmat va ma’naviy meros nurini taratib kelmoqda.

Ustoz ushbu ziyo maskanida ko‘plab shogirdlariga mehr bilan saboq berib, ijodkorlarning yangi avlodini tarbiyalab kelmoqda.

Tadbirda Islom Mamatovning izdoshlari, hamkasblari va sharqshunos olimlar ishtirok etishdi.

Ular qadimiy xattotlik san’atining ilm-fan rivojidagi o‘rni hamda tariximizda o‘chmas iz qoldirgan buyuk xattotlar haqida so‘z yuritdilar.

Ko‘rgazma barcha tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.