Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun Toshkent fotosuratlar uyida “19-asrda O‘zbekiston (Kunstkamera muzeyidagi V.Ordén fotosuratlari)” nomli fotoko‘rgazmaning ochilish marosimi bo‘lib  o‘tdi. 

Tadbirda diplomatik vakolatxonalar, xalqaro tashkilotlar,  va OAV, keng jamoatchilik vakillari, fotosanʼat asarlari ixlosmandlari ishtirok etdi.

Ko‘rgazmada Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida joylashgan Kunstkamera muzeyidagi mashhur O‘rta Osiyo fotosuratchisi V. Orden tomonidan tasvirga olingan O‘zbekistonga oid noyob fotosuratlar to‘plami ilk bor namoyish etilmoqda.

Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi, Yulduz texnika universiteti Sulton Abdulhamid II nomidagi Ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamkorligida tashkil qilingan ushbu fotoko‘rgazmada Rossiya imperiyasi himoyasi ostida xizmat qilgan fotosuratchi V. Orden tomonidan tasvirga olingan fotosuratlar namoyish etilmoqda.

Mazkur fotolavhalar 19-asrdagi O‘zbekistonga oid tasavvurni shakllantiradi. Ordenning fotosuratlari O‘zbekiston shaharlarining tarixiy va me‘moriy asarlari qatorida o‘sha davrning ijtimoiy va kundalik hayoti, urf- odat va an‘analar, oila, insonlar qiyofasini keng ko‘lamda yorqin namoyon etadi.

Bu noyob suratlar to‘plami O‘zbekiston tarixining turli yo‘nalishlarida madaniy va ilmiy tadqiqotlar uchun  zamin yaratadigan manba ham hisoblanadi.

Fotoko‘rgazma 11-noyabrga qadar davom etadi.