Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Anor” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasiga aʼzo rassom va haykaltaroshlar, talabalar bolajonlar uchun mahorat darslari o‘tishdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Rassomlik mahorat ustaxonasi stajyor-tadqiqotchisi Jahongir Abdullayev, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining haykaltaroshlik shoʻbasi rahbari Botir Hakimov, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti haykaltaroshlik kafedrasi mudiri Nodirbek Usmanov, haykaltaroshlik yo‘nalishi talabalari Azimjon Sultonov, Abdujabbor Xursanov ishtirokida o‘tkazilgan mahorat darslari oromgohda hordiq chiqarayotga bolajonlar uchun qizg‘in ijodiy jarayonga aylandi.