Bugun O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi anjumanlar zalida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi boshqaruv kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda Prezidentimiz tomonidan 2025-yil 1-iyulda qabul qilingan **"Tasviriy va amaliy sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"**gi PQ–212-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.
Prezidentimizning mazkur qaroriga muvofiq, joriy yildan Badiiy akademiya tomonidan "Yangi O‘zbekiston manzaralari", "Buyuk allomalar" va "Zamon qahramonlari" kabi turkum ijodiy asarlarni davlat buyurtmasi asosida yaratish tizimini yo‘lga qo‘yish belgilangan. Majlisda bu borada amalga oshirilgan ishlar hamda O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi tomonidan ushbu turkumlarga tavsiya etilgan ijodiy asarlar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, majlisda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrda qabul qilingan **"O‘zbekiston Badiiy akademiyasining faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida"**gi 957-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Badiiy akademiyasi haqiqiy aʼzoligiga saylov o‘tkazish masalasi ham ko‘rib chiqildi.