O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
“Yangi O‘zbekiston manzaralari”, “Buyuk allomalar” va “Zamon qahramonlari” kabi turkum ijodiy asarlarni davlat buyurtmasi asosida yaratish yuzasidan
E’LON QILADI
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tasviriy va amaliy san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 1-iyuldagi PQ–212-son qarori 10-bandida 2026-yildan boshlab Badiiy akademiyaga Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida “Yangi O‘zbekiston manzaralari”, “Buyuk allomalar” va “Zamon qahramonlari” kabi turkumdagi ijodiy asarlarni davlat buyurtmasi asosida yaratish tizimini yo‘lga qo‘yish belgilangan.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Boshqaruv kengashi yig‘ilishining 2025-yil 23-dekabrdagi 1-son bayonining 3-bandiga asosan 2026-yil uchun yuqoridagi turkumlar bo‘yicha ijodiy asarlarning mavzu va yo‘nalishlari quyidagicha tasdiqlandi:
Bu turkumdagi asarlar Yangi O‘zbekistondagi ijtimoiy, iqtisodiy, shaharsozlik va madaniy o‘zgarishlarni vizual tilda tasvirlashga qaratiladi. Yurtimiz tabiati, me’morchiligi, shahar va qishloqlar, mamlakatda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, yangi shaharlar, yo‘llar, qishloqlar, tabiat go‘zalliklari va ekologik mavzular yoritiladi. Ijodkor manzarani aks ettirish bilan birga jamiyatdagi taraqqiyot, yangilanish va umid ruhini ifodalaydi.
Yangi qurilgan shaharlar (Toshkent-Siti, Yangi Termiz, “Bobur” shahri);
Prezident maktablari, texnoparklar, IT-markazlar;
Ekologik rivojlanish: bog‘lar, masjidlar, ekosistema loyihalari;
Qishloqlarning modernizatsiya qilingan ko‘rinishi;
Jamoat transporti va infratuzilmadagi yangiliklar;
Odamlar hayotidagi yangiliklar: farovonlik, ish joylari, oilaviy muhit.
Realizm, impressionizm, neo-simvolizm (yangi ramzlar);
Kollaj, zamonaviy media san’ati.
Matoli moybo‘yoqda ishlangan asarlar;
Akvarelda ishlangan asarlar;
Raqamli foto;
Miniatyura.
Bu turkumda islom madaniyati, milliy va jahon tamaddunida muhim iz qoldirgan buyuk alloma va mutafakkirlar hayoti hamda merosi tasvirlanadi. Ular nafaqat portretlar orqali, balki ma’naviy, tarixiy va falsafiy muhitda ochib beriladi.
Abu Rayhon Beruniy — ilm-fan, geografiya va astronomiya;
Ibn Sino — tibbiyot, inson siymosi va aql nuri;
Alisher Navoiy — adabiy muhit va she’riyat obrazi;
Zahiriddin Muhammad Bobur va “Boburiylar sulolasi” — davlat arbobi, harbiy strateg va shoir;
Mahmud Zamaxshariy — Xorazm iftixori;
Ilmga intilish va shogirdlik muhiti;
Buyuk allomalar va zamonaviy ilm o‘rtasidagi uyg‘unlik.
Portret janri (real va abstrakt);
Tarixiy kompozitsiyalar;
Modernizatsiyalangan miniatyura;
Ilmiy-ramziy san’at.
Portretlar;
Pannolar va mozaikalar;
Illyustratsiya turkumlari.
Bu turkum Yangi O‘zbekistonda jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shayotgan fidoyi insonlar obrazini yaratishga qaratiladi. Oddiy xalq vakillari va ko‘rinmas qahramonlar ijod markazida bo‘ladi.
Shifokor va tibbiyot xodimlarining pandemiya davridagi mehnati;
O‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi roli;
Quruvchilar, muhandislar, IT-mutaxassislar;
Ayollar — ta’lim, tadbirkorlik va jamiyatdagi faollik;
Mahalla yetakchilari, volontyorlar, yoshlar yetakchilari;
Harbiy xizmatchilar va xavfsizlik xodimlari.
Realizm;
Zamonaviy ekspressionizm;
Abstraksiya bilan uyg‘un sahnalar;
Raqamli kollajlar.
Katta formatdagi mural asarlar;
Portretlar;
“Kun qahramoni” turkumi;
Kompozitsiyalar: “Bir hayot — bir ibrat”.
Turkumlararo kross-mavzular (“Buyuk allomalar va zamonaviy ilm”);
Asarlar asosida animatsion videolar yaratish;
“Yosh ijodkorlar uchun maxsus yo‘nalish”.
Davlat buyurtmasiga talabgor ijodkorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
ijodkor haqida ma’lumot;
ijodiy portfel;
rangli eskiz loyiha (qog‘oz va elektron shaklda);
mustaqil san’atshunoslar va mutaxassislar xulosalari;
ijodiy konsepsiya va g‘oya;
loyiha formati va ishlanish usuli;
Badiiy kengashning ijobiy xulosasi;
moliyaviy hisob-kitob va budjet rejasi;
qo‘shimcha hujjatlar (ixtiyoriy).
Taqdim etish muddati: joriy yil 5-fevralga qadar.
Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Sharof Rashidov ko‘chasi, 40-uy, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi.
Aloqa raqami: (71) 256-05-47