close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun, 27-avgust kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Anjumanlar zalida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, o‘zining fidokorona mehnati va samarali faoliyati bilan ajralib turgan xodimlarni “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur so‘zga chiqib, mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan tadbir ishtirokchilarini samimiy muborakbod etdi.

Nutq davomida yurtimizda tasviriy va amaliy san’at, san’atshunoslik sohalarini rivojlantirish, ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, milliy san’atimizning nufuzini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, soha xodimlarining bu jarayondagi munosib hissasi alohida ta’kidlandi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi tomonidan sohada ko‘p yillardan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlarga “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi fidoyisi” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.

Taqdirlanganlar o‘zlariga bildirilgan yuksak e’tibor va e’tirof uchun minnatdorlik bildirib, bundan buyon ham mamlakatimiz san’ati ravnaqiga munosib hissa qo‘shish, ijodiy faoliyatini yanada samarali davom ettirishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.