Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
Vodiy viloyatlarida xizmat safarida bo’lgan O'zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur 12-sentyabr kuni Andijon ixtisoslashtirilgan san'at maktab-internatiga bordi.
Rais Badiiy akademiya tasarrufidagi mazkur maktab-internat faoliyati, o'quvchilarga yaratilgan sharoitlar hamda ta’lim maskanida mavjud 13 ta yo'nalish bo'yicha olib borilayotgan ijodiy jarayon bilan tanishdi.
Andijon ixtisoslashtirilgan san'at maktab-internatida O'zbekiston Badiiy akademiyasi rais Akmal Nur hamda o'quvchi yoshlar uchrashuvi tashkil qilindi.
Uchrashuv o'quvchilar bilan savol-javob tariqasida o'tkazildi, o'zining mazmunli savollari bilan ishtirok etgan 10-sinf o'quvchisi Bexruzbek Baxtiyorjonovga Akmal Nur o'zining ijodiy ishlar to'plamini sovg'a qildi.
Muloqot jarayonida o'qituvchi va o'quvchilar badiiy ta'limni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar to'g'risida o'zlariga kerakli ma'lumotlar oldilar.