Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun, 9-iyul kuni  Navoiy shahrida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Navoiy viloyat hokimi Normat Tursunov  bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-iyul kuni qabul qilingan "Tasviriy va amaliy sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar  to‘g‘risida" PQ-212-son qarori ijrosini ta‘minlash hamda Navoiy  viloyatida bu borada  2025–2026-yillarga mo‘ljallangan "Yo‘l xaritasi"ni amalga oshirish  masalalari muhokama qilindi.

O‘zaro muloqotda Navoiy viloyatida tasviriy va amaliy sanʼatni yana-da rivojlantirish va ommalashtirish, isteʼdodli yosh rassomlarni qo‘llab-quvvatlash, badiiy taʼlim sohasida yuksak malakali kadrlar tayyorlash tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida yuritish, Badiiy akademiya tasarrufidagi Navoiy ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, viloyat hududida obyektlarni tasviriy sanʼat yordamida bezash, viloyat sanʼat muzeyini tashkil etish bo‘yicha  fikr almashildi. 

Maʼlumki, buyuk mutafakkir shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan Prezidentimiz tashabbusi bilan Navoiy viloyatida 2025-yil “Alisher Navoiy yili” deb nomlandi. Shu bois viloyatda ko‘plab bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda, istiqbolda qator loyihalar rejalashtirilgan. 

Viloyatda bugungi kunda  "Navoiy city" qurilmoqda. Uning hududida viloyat tasviriy va amaliy sanʼat rivojiga xizmat qiladigan, rassom-ijodkorlar uchun  qulay, zamonaviy shart-sharoitga ega inshootlar ham qad rostlaydi.  O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Navoiy viloyat hokimi Normat Tursunov tomonidan ushbu loyihalar bilan tanishtirildi. 

Bundan tashqari Badiiy akademiya raisi viloyat hokimi hamrohligida qurilish maydonida bo‘lib, jarayonni ko'rdi. Mehmonga  mutasaddilar tomonidan belgilangan obyektlar bo‘yicha qo'shimcha maʼlumot berildi, fikr-mulohazalar o‘rtaga tashlandi.