close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Joriy yil 3-5-aprel kunlari O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur xizmat safari bilan Andijon viloyatida bo‘ldi.

⌛ Safarda Badiiy akademiya raisi Andijon viloyati hokimi Sh. Abduraxmonov bilan uchrashdi. 

⌛ Uchrashuvda joriy yil may oyida Andijon viloyatining Bobur shahrida Rassomlar festivalini yuqori saviyada tashkil qilish va o‘tkazish, sanʼat anjumanida qatnashuvchi ijodkorlar uchun munosib sharoit yaratish, ularni zarur badiiy ashyo va texnik jihozlar bilan taʼminlash singari muhim masalalarga eʼtibor qaratildi, fikr almashildi. 

⌛ Muloqotda shuningdek, Rassomlar festivali kuratori - O‘zbekiston   Badiiy ijodkorlar uyushmasi raisi I. Valixo‘jayev, festival direktori - Badiiy ko'rgazmalar direksiyasi direktori O.Ro'ziyev, O‘zBIU viloyat bo‘limi  hamda Andijon viloyat hokimligi mutasaddilari ishtirok etdi.

⌛ Uchrashuvda birinchi Rassomlar festivalini viloyatning Bobur shahrida joriy yilning 18-22-may kunlari o‘tkazish belgilandi.