Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Bugun, 12-sentyabr kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur xizmat safari bilan Farg‘ona viloyatiga bordi.

     Viloyatda  Badiiy akademiya tasarrufidagi Qo‘qon ixtisoslashtirilgan san‘at maktabining  joriy faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Jumladan, taʼmirlash jarayonida bo‘lgan Qo‘qon  ISM o‘quv binosi, ko‘rgazmalar zalini borib ko‘rdi, masala yuzasidan maktab mutasaddilariga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berdi.
 

    Xizmat safari doirasida Farg‘ona viloyat rassomlari ko‘rgazmasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

    Qo‘qon shahridagi "Art-Rezidensiya" sanʼat galereyasida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi rassomlarining “Ko‘prik” nomli badiiy ko‘rgazmasi  muxlislar tomonidan iliq kutib olindi. So‘nggi yillarda vodiy viloyatlari rassomlarining hamjihatlikda ko‘rgazma o‘tkazish, yaqindan tajriba almashishi urfga aylandi.  “Ko‘prik” loyihasi ana shunday ijodiy muloqotga xizmat qilmoqda. Ko‘rgazmaning ochilish marosimida Qo‘qon shahar hokimi Maʼrufjon Usmonov ishtirok etdi va so‘zga chiqdi. Tadbirda O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyat bo‘limlari jamoasi yurtimizda  tasviriy va amaliy sanʼatni rivojlantirish hamda keng targ‘ib etishga qo‘shayotgan hissasi uchun rais Akmal Nur tomonidan Badiiy akademiya diplomi bilan taqdirlanishdi.

    O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Qo'qon ISMda o'quvchi yoshlar bilan uchrashdi. 

    Uchrashuvda Badiiy akademiya raisi dastlab o'quvchilarni yangi o’quv yili bilan tabrikladi, yutuqlar tiladi. Qo'qon ISM 2024/2025-o'quv yilida 407 nafar o’quvchini o’z bag’riga oldi. Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur samimiy ruhda kechgan uchrashuvda    yoshlar qalbiga tasviriy sanʼatga mehr va muhabbat hissini chuqurroq singdirish, ularni barkamol insonlar qilib tarbiyalash, sanʼatga oshno qilish, yosh ijodkorlarning sohada iqtidorini namoyon etishiga ko‘maklashish bo‘yicha Badiiy akademiya tomonidan alohida chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini aytib o'tdi. Xususan, Badiiy akademiya tashabbusi bilan respublikamizda o‘tkazilayotgan tasviriy va amaliy sanʼat festivali, amaliy, zamonaviy sanʼat biyennalelari, shu kabi boshqa  ijodiy loyihalar isteʼdodli yoshlarni tarbiyalashda katta imkoniyatlar yaratmoqda. Bu saʼy-harakatlar natijasida yoshlarimiz nafaqat yurtimiz, balki xalqaro miqyosdagi turli ijodiy tanlovlarda ishtirok etib, o‘zbek tasviriy sanʼati yutuqlarini tanitib kelishmoqda. Uchrashuv savol-javoblarga boy kechdi. O‘zbekiston xalq rassomi Akmal Nur ijod sirlari bilan o‘rtoqlashar ekan, tinimsiz mehnat har qanday muvaffaqiyat garovi ekanligini taʼkidladi, kerakli maslahat va tasviyalar berdi, ularga ijodda omad tiladi.